» » Astronavt ayol Peggi Uitson kosmosda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha Amerika rekordini urdi

Astronavt ayol Peggi Uitson kosmosda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha Amerika rekordini urdi


NASA astronavt ayoli Peggi Uitson kosmosda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha barcha amerikaliklar orasida yangi rekord o‘rnatdi. Uch ekspeditsiya davomida umumiy hisobda 534 kun orbitada bo‘lgan Uitson xonim Jeff Uilyamsning avvalgi ko‘rsatkichini yangiladi, deb xabar bermoqda Meduza.

.@AstroPeggy broke the record for cumulative time in space by a U.S. astronaut at 1:27am ET on April 24. https://t.co/eW43anaVpS pic.twitter.com/MkrWmRLWbT

— Intl. Space Station (@Space_Station) April 24, 2017

AQSh prezidenti Donald Tramp astronavt Uitsonning qayd etgan natijasini aqlbovar qilmas deb atab, uni “Amerika xalqi va butun jahon nomidan” tabrikladi.

.@POTUS congratulates @AstroPeggy on her record-breaking mission including most cumulative days in space — 534 days and counting! pic.twitter.com/v5zJxezG4n

— Intl. Space Station (@Space_Station) April 24, 2017

Peggi Uitson ilk bor 2002-yili koinotga yo‘l olgan. Oradan besh yil o‘tib u ikkinchi marta Xalqaro kosmik stansiyaga chiqqan — bu safar ekspeditsiya komandiri sifatida. Uitson ishtirokidagi uchinchi missiya 2016-yil noyabrida boshlangan edi.

XKSdagi ekspeditsiyalar davomida Uitson sakkiz marta ochiq kosmosga chiqib, u yerda umumiy hisobda 53 soat davomida bo‘lgan.

Kosmosda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha mutlaq rekord rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaga tegishli — u umumiy hisobda 878 kun davomida koinotda yashagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют