» » Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutkada koronavirusdan 11 kishi, pnevmoniyadan 74 kishi vafot etdi, 439 kishida koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutkada koronavirusdan 11 kishi, pnevmoniyadan 74 kishi vafot etdi, 439 kishida koronavirus aniqlandi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 11 kishi koronavirusdan, yana 74 kishi — pnevmoniyadan vafot etdi, deya ma’lum qildi SSV jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Aynur Akmatova.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutkada koronavirusdan vafot etgan bemorlar 36-72 yosh oralig‘ida. Hozirda butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 160 kishiga yetgan.

Shuningdek, o‘tgan bir sutkaning o‘zida Qirg‘izistonda 74 kishi pnevmoniyadan vafot etgan. Qurbonlarning 17 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, yana 57 kishi esa — respublikaning boshqa hududlaridan. Mamlakatda 2020-yilning martidan buyon pnevmoniyadan vafot etganlar soni 571 kishiga yetdi.

15-iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yana 439 kishida koronavirus aniqlangan. Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 172 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 11 977 kishiga yetgan, hozirga qadar 3660 nafar bemor davolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют