» » Tramp Yevropa Ittifoqini AQShni ekspluatatsiya qilganlikda aybladi

Tramp Yevropa Ittifoqini AQShni ekspluatatsiya qilganlikda aybladi


Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlardan “foydalanish” uchun yaratilgan va uzoq vaqt o‘zining holatidan foyda ko‘rib kelgan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar qarshisida qilgan chiqishi davomida ma’lum qildi.

Trampning fikricha, Yevropa Ittifoqi AQShga nisbatan hech qachon yaxshi munosabatda bo‘lmagan. “Yevropa Ittifoqi o‘z manfaatlari yo‘lida Qo‘shma Shtatlardan foydalanish uchun yaratilgan. Ular yaratilgan va AQShdan foydalanmoqda”, — deydi Amerika yetakchisi.

Trampning ma’lum qilishicha, AQSh va Yevropa Ittifoqi “ulkan iqtisodiy raqobat”da turibdi.

Biroz o‘tib, mazkur chiqishning o‘zida Tramp AQSh va Yevroittifoq munosabatlari “juda yaxshi” ekanligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammolar Yevropa davlatlari AQShga “juda yomon” munosabatda bo‘layotgan savdolarga bog‘liq. “Ular bizga nisbatan uzoq, o‘nlab yillar davomida juda ham adolatsiz edi… Mazkur muammoning yechimi oson. Men aslida uni butunlay hal qilishga tayyor edim, biroq epidemiya boshlanib qoldi”, — deydi Tramp.

Tramp Yevropa Ittifoqini bir necha bor tandiq qilgan bo‘lib, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarning yomonligi savdo siyosatiga bog‘liq. Xususan, avvalroq Tramp qisqichbaqalarga solingan bojlar sabab Yevropa Ittifoqiga tahdid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga dori: Tramp Yevropa avtomobillariga soliq joriy etish bilan tahdid qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют