» » Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan 36 yoshli Toshkent shahar IIBB mayorining vafot etganini tasdiqladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan 36 yoshli Toshkent shahar IIBB mayorining vafot etganini tasdiqladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida yashovchi koronavirusga chalingan 36 yoshli Sh.A. ismli erkakning vafot etganini tasdiqladi.

Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va 13-iyul kuni kasallik tasdiqlangan.

Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo‘lgan.

So‘nggi kunlarda bemorning tana harorati tushmagan. U o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Iyul oyining o‘zida SSV bergan rasmiy axborotlar bo‘yicha O‘zbekistonda jami 42 ta o‘lim holati qayd etilgan va bu rasman 43-o‘lim.

IIV matbuot xizmati 13-iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Abzalovich Shomahmudovning vafot etgani, keyinchalik 14-iyul, seshanba kuni esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasovning vafoti munosabati bilan ta’ziya e’lon qilingandi. Daryo” manbasi har ikkala xodim koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganini bildirgan. Ushbu o‘lim holatlari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot taqdim etmagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют