» » APL. “Arsenal” o‘z uyida “Liverpul”ni taslim etdi

APL. “Arsenal” o‘z uyida “Liverpul”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 36-turida “Arsenal” 15-iyul, chorshanba kuni “Liverpul”ni mehmon qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Sadio Mane mehmonlarning tezkor hujumini gol bilan yakunladi. 32-daqiqada Virjil van Deyk himoyada xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan unumli foydalangan Aleksandr Lyakazett hisobni tenglashtirdi.

44-daqiqada “Liverpul” o‘z darvozasidan yana bir to‘p olib chiqdi. Bu safar Alissonning xatosidan keyin Ris Nelson londonliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq tanaffusdan keyin darvozalar dahlsiz qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. Chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygan “qizillar” esa 93 ochko bilan qoldi.

“Liverpul” keyingi turda “Chelsi” bilan o‘ynaydi, “Arsenal” esa “Aston Villa” maydoniga safar qiladi.

APL

36-tur bahsi

15-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 20 Mane, 1:1 – 32 Lyakazett, 2:1 – 44 Nelson.

“Arsenal”: Martines, David Luiz, Holding, Tirni, Soaresh (Meytlend-Naylz, 76), Torreyra (Sebalyos, 57), Jaka, Nelson (Obameyang, 58), Pepe, Lyakazett (Uillok, 58), Saka (Kolashinats, 85).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, van Deyk, Gomes, Fabinyo, Oksleyd-Chemberlen (Keyta, 61), Veynaldum (Shakiri, 83), Mane, Saloh (Origi, 83), Firmino (Minamino, 61).

Ogohlantirishlar: Torreyra (46), Aleksander-Arnold (48), Jaka (81), Sebalyos (90+1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют