» » APL. “Arsenal” autsayderni yirik hisobda taslim etdi, “Lester”da mag‘lubiyat

APL. “Arsenal” autsayderni yirik hisobda taslim etdi, “Lester”da mag‘lubiyat


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan 1-iyul, chorshanba kungi bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Arsenal” o‘z uyida “Norvich”ni mehmon qildi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Granit Jaka londonliklarning ikkinchi to‘pini kiritdi.

67-daqiqada Obameyang dublni rasmiylashtirgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 81-daqiqada Sedrik Soaresh yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Arsenal” 46 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Norvich” (21) esa 20-pog‘onada qoldi.

“Lester” “Everton” maydoniga safar qildi. O‘yin debyutida mersisaydlar Risharlison va Gilfi Sigurdssonning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga mehmonlar 51-daqiqada Kalichi Iheanachoning goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “tulkilar”ning g‘alabasiz seriyasi uch o‘yinga yetdi. “Lester” 55 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda. “Everton” (44) 11-o‘rinda qoldi.

APL

32-tur bahslari

1-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 – 33 Obameyang, 2:0 – 37 Djaka, 3:0 – 67 Obameyang, 4:0 – 81 Soaresh.

“Arsenal”: Martines, Tirni, David Luiz, Mustafi (Holding, 46), Belyerin (Soaresh, 77), Sebalyos, Jaka, Nelson (Uillok, 58), Kolashinats, Obameyang (Pepe, 82), Lyakazett (Nketia, 76).

“Norvich”: Krul, Godfri, Aarons, Lyuis, Tetti, Maklin, Kentuell (Shtipermann, 75), Buendia (Ernandes, 46), Tribull (Ida, 46), Rupp (Vranchich, 75), Pukki (Drmich, 46).

Ogohlantirishlar: Maklin (27), Rupp (31), Martines (63), Vranchich (86), Shtipermann (90).

Gollar: 1:0 – 10 Risharlison, 2:0 – 16, penalti Sigurdsson, 2:1 – 51 Ixeanacho.

Gollar: 0:1 – 5 Geyl, 0:2 – 30 Longstaff, 0:3 – 57 Almiron, 0:4 – 77 Lazaro, 1:4 – 90 Gosling.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют