» » Surxondaryoda liftda qamalib qolgan 6 yoshli qizaloq FVB xodimlari tomonidan qutqarib olindi

Surxondaryoda liftda qamalib qolgan 6 yoshli qizaloq FVB xodimlari tomonidan qutqarib olindi


Surxondaryo viloyatida FVB qutqaruv otryadi lift ichida qamalib qolgan qizchani qutqarib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, vazirlikning 1050 qisqa raqamiga Termiz shahri Farovon massivi yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan. Unda 18-uyda lifti ishlamay, ichida odam qulflanib qolgani ma’lum qilingan.

Surxondaryo viloyati FVB qutqaruv otryadi guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va lift ichidagi 6 yoshli qizchaga yordam ko‘rsatgan.

Qutqaruvchilar lift eshigini ochib qizaloqni qutqarib olgan hamda uyda yashovchi fuqarolarga texnika xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergan.

2019-yil 9-dekabrda Samarqandda liftda qamalib qolgan qariya qutqarilgani, 2020-yil may oyida esa Toshkent shahrida Yunusoboddagi ko‘p qavatli uylardan birida qon bosimi ko‘tarilib uyi eshigini ocholmay qolgan keksa ayolning hayoti saqlab qolingani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют