» » Qarshi shahrida eshik qulflanib qolishi oqibatida uyda qolib ketgan ikki nafar bola qutqaruvchilar yordamida olib chiqildi

Qarshi shahrida eshik qulflanib qolishi oqibatida uyda qolib ketgan ikki nafar bola qutqaruvchilar yordamida olib chiqildi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida to‘rt qavatli uyning to‘rtinchi qavatidagi xona eshigi qulflanib qolishi oqibatida uyda qolib ketgan 4 va 2 yoshli bola Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat olib tushildi va onasiga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, voqea 1-iyul kuni soat 09:30 da sodir bo‘lgan.

“Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik xizmatiga Qarshi shahar “Darvoza tutak” mahallasi hududidagi to‘rt qavatli 368-uyning 16-xonadonining kirish eshigi qulflanib qolgani, uyda ikki nafar yosh bola qolib ketgani haqida xabar qilindi, — deydi Sohib Vaitov. — Voqea joyiga yetib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy maxsus qutqaruv ishlar otryadi xodimlari xonadonning kirish eshigini ochib, uy ichida qolgan to‘rt va ikki yoshli bolalarni sog‘-salomat onasi bag‘riga qaytardi.

Farzandlarini bag‘riga olgan ona qutqaruvchilarga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusoboddagi ko‘p qavatli uylardan birida keksa ayolning hayoti saqlab qolingani, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida esa uyida qulflanib qolgan 3 yoshli bola FVV xodimlari tomonidan qutqarilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют