» » AQShda dastlabki tadqiqotlarda muvaffaqiyatga erishgan koronavirusga qarshi vaksina 30 ming kishida sinovdan o‘tkaziladi

AQShda dastlabki tadqiqotlarda muvaffaqiyatga erishgan koronavirusga qarshi vaksina 30 ming kishida sinovdan o‘tkaziladi


AQShda joylashgan Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan COVID-19 vaksinasi dastlabki sinovlarda qatnashgan barcha ko‘ngillilarda immunitet hosil qildi. Endi u 30 ming kishida sinovdan o‘tkaziladi, deya xabar beradi “Interfaks” New England Medicine Journal’ga tayanib.

Tadqiqot vaksinaning bitta dozasidan keyin antitanalar ishlab chiqarilganligini ko‘rsatdi. To‘rt hafta o‘tgach, ko‘ngillilar ikkinchi dozani qabul qilishdi. Shundan so‘ng barcha 45 nafar ko‘ngillida vaksina kuchli immunitet hosil qildi.

Moderna kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel natijalar “dalda beruvchi va mRNA-1273 nomli vaksinani ishlab chiqarishga qo‘yilgan muhim qadam” ekanini aytib o‘tdi.

Tadqiqot Jorjiya shtatidagi Sietl va Emori universitetida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar koronavirusga chalinmagan, sog‘lom ko‘ngilli ishtirok etdi. Tajriba ishtirokchilariga 25, 100 va 250 mikrogrammda Moderna vaksinasi yuborilgan.

27-iyul kuni Moderna 30 000 ko‘ngilli ishtirokida vaksina sinovining uchinchi bosqichini boshlaydi.

Avvalroq AQShda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish yoz oxirlariga borib yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют