» » Turkiyada razvedka samolyoti qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Turkiyada razvedka samolyoti qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi


Turkiya sharqidagi Van viloyatida razvedkachi samolyot qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, samolyot razvedka va kuzatish missiyasini bajarayotgan bo‘lgan. Falokat oqibatida ikki nafar uchuvchi va xavfsizlik organlarning besh nafar xodimi halok bo‘lgan.

Soyluning ma’lum qilishicha, samolyot Van viloyatidagi Ferit Melen aeropotidan mahalliy vaqt bilan soat 18:34 da havoga ko‘tarilgan. Soat 22:45 da esa radarlardan yo‘qolib qolgan. Taxminlarga ko‘ra, samolyot Artos tog‘lari joylashgan hududda falokatga uchragan, hozirda qidiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda ham Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchragan va falokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Turkiya qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchradi, qurbonlar bor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют