» » Yaponiya razvedkachi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 4 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Yaponiya razvedkachi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 4 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi


Yaponiyada razvedkachi samolyot halokatga uchradi. To‘rt nafar ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Qidiruv operatsiyalarida ikki mingga yaqin kishi, jumladan, samolyot qarashli bo‘lgan Mudofaa kuchlarining 900 nafar askari ishtirok etdi.

Razvedkachi samolyot Xokkaydo shimoliy prefekturasidagi Xakodate shahri yaqinidagi tog‘li hududga qulagan. Qidiruv operatsiyasi hududning murakkab relyefi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli bir sutkadan ortiq davom etdi.

Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Lr-2 markali samolyot Xokkaydo ma’muriy markazi Sapporo shahridan 15-may, dushanba kuni tongda parvoz qilgan. U Xakodatedan og‘ir ahvoldagi bemorni olib ketayotgan edi.

Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lishidan avval ekipajdan favqulodda vaziyat haqidagi ma’lumot kelib tushmaganligi ta’kidlanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют