» » Xosep Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi

Xosep Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi


“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasi 36-turi doirasida o‘tkazilgan bahsda “Bornmut”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alaba “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun APLdagi dastlabki 150 o‘yinda erishilgan 111-g‘alaba bo‘ldi.

Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis Premyer Liga rekordini o‘rnatdi — u 150 ta o‘yinda boshqa murabbiylarga qaraganda 6 ta ko‘proq g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Ikkinchi o‘rinda 105 ta g‘alaba bilan Joze Mourinyo (“Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”) bormoqda. Kuchli beshlikdan esa “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp (92), “Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson (90) va “Liverpul” sobiq murabbiyi Kenni Dalglish (85) joy olgan.

Ma’lumot uchun, Gvardiola ingliz klubini 2016-yildan beri boshqarib keladi. Jamoa uning qo‘l ostida ikki bor (2017/18, 2018/19) Premyer Ligada g‘olib chiqqan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют