» » Pep Gvardiola qo‘lga kiritgan sovrinlari soni bo‘yicha Joze Mourinyoga yetib oldi

Pep Gvardiola qo‘lga kiritgan sovrinlari soni bo‘yicha Joze Mourinyoga yetib oldi


“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogining final bahsida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (0:0, penaltilar seriyasi — 4:3).

Bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun mazkur klub bilan qo‘lga kiritgan 4-sovrini hisoblanadi.

Mazkur sovrin 48 yoshli kataloniyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyati davomidagi 25-yutug‘i bo‘ldi. Bunga qadar Gvardiola 14 marta “Barselona” klubi bilan, “Bavariya” bilan esa 7 marta sovringa ega chiqqan.

Gvardiola bu borada “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoga yetib oldi. Portugaliyalikning hisobida ham 25 ta sovrin mavjud.

Yevropaning Top-5 ligasida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni bo‘yicha “Napoli” ustozi Karlo Anchelotti murabbiylar orasida 3-o‘rinda bormoqda (20 ta sovrin).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют