» » Luis Suares: “Messiga o‘zini baxtli his qiladigan joyda o‘ynashni tavsiya qilaman”

Luis Suares: “Messiga o‘zini baxtli his qiladigan joyda o‘ynashni tavsiya qilaman”


Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares Lionel Messining klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Messining boshqa jamoalarda o‘ynashi mumkinligini tasavvur ham qilayotganim yo‘q. Leo o‘zi va oilasi uchun eng yaxshi bo‘lgan qarorni qabul qiladi. Uning do‘sti sifatida har doim unga o‘zini qulay va baxtli his qilgan joyda o‘ynashni tavsiya etaman. Menimcha, uning oilasi Barselonada chindan ham baxtli, agar o‘zi ham bu yerda baxtli bo‘lsa, demak, “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynashni davom ettirishi kerak. Agar qandaydir o‘zgarishga ehtiyoj sezadigan bo‘lsa, u o‘zi uchun nima yaxshi bo‘lishini biladi”, — deydi Suares.

Avvalroq Messining “Barselona”dagi vaziyatdan norozi ekani va faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Messi ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Suaresning hisobida esa (La Ligada) 26 ta o‘yin, 15 ta gol va 8 ta assist bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют