» » O‘zbekiston dorixonalarida qaysi preparatlarga talab oshgani aniqlandi

O‘zbekiston dorixonalarida qaysi preparatlarga talab oshgani aniqlandi


ArzonApteka dori vositalari qidiruv tizimi so‘nggi 10 kun davomida O‘zbekistonda eng ko‘p qidirilgan virusga qarshi qo‘llaniluvchi preparatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Arbidol”, “Ergoferon”, “Azitromitsin”, “Azimak”, “Groprinosin” eng ko‘p qidirilgan dori vositalari bo‘lgan.

8—17-iyun kunlari ushbu preparatlarga bo‘lgan talab quyidagicha bo‘lgan:

6—15-iyul kunlari esa ushbu dori vositalariga talab quyidagicha oshgan:

Avvalroq Buxorodagi dorixonalarda virusga qarshi dori vositasi qolmagani ma’lum qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi dori vositalari olib kelinganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilganini tanqid qilgandi.

Selektor davomida koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют