» » JSST koronavirusga qarshi bir nechta dori vositalarini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi

JSST koronavirusga qarshi bir nechta dori vositalarini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasiga qarshi gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir dori vositalari kombinatsiyasini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Bu boradagi tegishli tavsiyalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash vositalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro boshqaruv qo‘mitasi tomonidan berilgan.

Tadqiqotlar davomida mutaxassislar dori vositalarining  SARS-CoV-2 virusi oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgangan. Dastlabki natijalarda gidroksixloroxin” va lopinavir”/ritonavir COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘limini juda oz miqdorda kamaytirishga yordam berayotgani yoki umuman ta’sir ko‘ratmayotgani aniqlangan.

Gidroksixloroxin, shuningdek, lopinavir va ritonavir kombinatsiyasi Solidarity xalqaro klinik tadqiqotlar doiraida sinovdan o‘tkaziladigan dori vositalari ro‘yxatiga kirilgan edi.

May oyining oxirlarida JSST gidroksixloroxinning xavfsizligidan xavotirlanib, uning sinovlarini to‘xtatgan edi. JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu dori vositasini iste’mol qilganlarda o‘lim darajasi ortganini ma’lum qilgan. Iyun oyida tashkilot eksperti Anna Mariya Restrepo sinovlar to‘liq to‘xtatilishini bildirgan.

Gidroksixloroxin — bezgakka qarshi dori vositasi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19’ga qarshi profilaktika sifatida ushbu preparatni ichayotganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng mamlakatda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshgan. Prezident preparatlarning koronavirusni davolashda ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusga qarshi dori vositalarini testdan o‘tkazish jarayonida faqatgina remdesivir COVID-19’ga qarshi umid uyg‘otuvchi natjalarni ko‘rsatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют