» » JSST koronavirusga qarshi dori vositasini “umid uyg‘otuvchi” deb atadi

JSST koronavirusga qarshi dori vositasini “umid uyg‘otuvchi” deb atadi


Virusga qarshi dori vositalarini testdan o‘tkazish jarayonida faqatgina remdesivir COVID-19’ga qarshi umid uyg‘otuvchi natjalarni ko‘rsatgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan ma’lum qildi.

Shu bilan birga Svaminatanning ta’kidlashicha, remdesivir shifoxonalarga bemorlarning murojaat qilishini kamaytirgan, biroq koronavirus oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlariga ta’sir ko‘rsatmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha tadqiqot natijalari mazkur dori vositasini qabul qilgan bemorlar tezroq davolanayotganini ko‘rsatgan. remdesivir qabul qilgan bemorlar 11 kundan so‘ng sog‘aygan, ushbu dori vositasini qabul qilmaganlarda esa ushbu ko‘rsatkich 15 kunga qadar cho‘zilmoqda.

Remdesivir dastlab gepatit C va respirator-sinsitial virusni davoshlash uchun yaratilgan, shuningdek, Ebolaga qarshi sinovdan o‘tkazilgan, ammo samarali dori vositasi sifatida tan olinmagan.

Avvalroq Yevropa komissiyasi koronavirusni davolash uchun remdesivir dori vositasidan foydalanishga ruxsat bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh koronavirusni davolovchi remdesivir preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi

Eslatib o‘tamiz, AQShda may oyining boshida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni kasalxonalarda davolash uchun remdesivirdan foydalanishga ruxsat berilgan, shundan so‘ng Yaponiya va Janubiy Koreyada doridan foydalanish ma’qullangan. Preparat koronavirus ko‘payishini bloklash xususiyatiga ega ekanligi kanadalik olimlar tomonidan aprel oyida aniqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют