» » Janubiy Koreyada koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositasi tanlab olindi

Janubiy Koreyada koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositasi tanlab olindi


Janubiy Koreya Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari vazirligi yangi turdagi koronavirusni davolashga yordam beradigan “Remdesivir” antivirus dori vositasini xarid qilishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

AQShda 1-may kuni COVID-19’ni davolashda “Remdesivir” virusga qarshi dori vositasidan foydalanishga ruxsat berilgan. U o‘z navbatida Ebola kasalligiga qarshi kurashish uchun yaratilgan, biroq o‘shanda uning samaradorligi isbotlanmagan. Keyinroq u SARS va MERS infeksiyalarini davolashda qo‘l kelgan. Mazkur dori vositasini Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqaradi. Uning klinik sinovlari ayni vaqtda xalqaro olimlar guruhi tomonidan COVID-19’ning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar ustida o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlanishicha, vazirlik “Remdesivir” importiga uning boshqa mamlakatlarda foydalanilayotgani va zarurligini hisobga olib ruxsat bergan.

Dori vositasini Janubiy Koreyaga Gilead Sciences Korea kompaniyasi alohida import tizimi bo‘yicha yetkazib beradi. Alohida import tizimi favqulodda holatlarda ruxsat etilmagan dori vositalarini olib kirishda, epidemiyani davolashda yoki jamoat sog‘lig‘ini ta’minlashda qo‘llaniladi.

Shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolashda mazkur dori vositasidan foydalanish taklif etiladi. Bu kabi bemorlar mamlakatda koronavirusga chalinganlarning taxminan 5 foizini tashkil etadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 11 590 nafarga yetgan. Tuzalganlarning umumiy soni 10 467 kishini, virus qurbonlari soni 273 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: COVID-19’ga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalarining narxi 7 foizga oshdi

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshlarida Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy “Remdesivir” preparatidan foydalanishni ma’qullagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют