» » AQSh koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi

AQSh koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi


Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi yaqin 3 oy ichida ishlab chiqariladigan “Remdesivir” preparatining deyarli butun hajmini AQSh rasmiylariga sotadi. Bu haqda 29-iyun kuni AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.

“Remdesivir” preparatidan COVID-19’ni davolashda foydalaniladi. AQSh kasalxonalari 500 ming davolash kursini sotib oladi. Bu iyul oyida ishlab chiqarilishi prognoz qilingan preparatlar hajmining 100 foizi, shuningdek, avgust va sentabr oylarida chiqariladigan preparatlarning 90 foizidir.

Olti dozadan iborat va besh kunga mo‘ljallangan bitta davolanish kursi AQSh hukumatiga 3200 dollarga tushadi.

“Prezident Tramp COVID-19’ni davolashda amerikaliklarni tasdiqlangan birinchi dori-darmon bilan ta’minlash borasida juda yaxshi kelishuvga erishdi”, — degan AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar.

The Guardian’ning yozishicha, yevropalik ekspertlar AQSh hukumati tomonidan sotib olinadigan “Remdesivir” hajmidan xavotirda. “Ular preparatning katta miqdoriga ega bo‘ldi, shu sababli Yevropaga hech narsa qolmadi”, — degan Liverpul universiteti katta ilmiy xodimi Endryu Hill.

“Remdesivir” dastlab Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan edi. Bu preparat Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtik kompaniyasi tomonidan patentlangan bo‘lib, ayni paytda boshqa kompaniyalar uni ishlab chiqarish huquqiga ega emasligini bildiradi. Biroq Gilead Sciences may oyida 5 ta farmatsevtik kompaniya bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, ular 127 davlat uchun “Remdesivir” ishlab chiqarishi mumkin. Ammo ishlab chiqarish muddatiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Remdesivir” Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Janubiy Koreya ham 1-iyuldan boshlab “Remdesivir” dori vositasini sotib olishni boshladi. 7-iyulga qadar mamlakatdagi kasalxonalar “Remdesivir” bilan bepul ta’minlanadi, 8-iyuldan boshlab esa uning narxi muhokama qilinadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan 1-iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda AQShning haqiqatdan ham “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olmoqchi ekanligi aniqlashtirilishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют