» » Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan”

Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Tadbir avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqi yo‘q. Hamma joyda kamchiliklar bor. Eng asosiy vazifa — ularni vaqtida aniqlab, xolis baho berib, tezda tugatish chorasini ko‘rishdan iborat.

Bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan. Agar biz bu xatarga beparvo, beg‘am bo‘lsak, minglab odamlarning sog‘lig‘i va taqdirini xavf ostiga qo‘yamiz, vaziyatimiz yana ham og‘irlashadi. Eng qo‘rqinchlisi, o‘lim soni keskin ko‘payadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari pandemiyaga qarshi kurash strategiyasi va taktikasini tubdan o‘zgartirish kerakligi masalasiga to‘xtaldi hamda hozirgi pandemiya sharoitiga mos eng kuchli, eng ta’sirchan vositalarni ishga solish zarurligini ta’kidladi.

“Bu kurashda davlat va xususiy tibbiyot tizimi, barcha idoralarning doimo safarbar holatda bo‘lishi va samarali ishlashi, shifokorlarning fidoyiligi, xalqimizning ongliligi bizning asosiy qurolimiz bo‘lishi shart. Faqat tezkor va muntazam safarbarlik, temir intizom, tibbiy madaniyat, yuksak onglilik bilangina biz bu ofatga qarshi kurasha olamiz”, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qilingandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyati rahbarlarini tanqid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют