» » “Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i uchun o‘zimiz mas’ul ekanimizni anglashimiz lozim” — Shavkat Mirziyoyev koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi

“Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i uchun o‘zimiz mas’ul ekanimizni anglashimiz lozim” — Shavkat Mirziyoyev koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishda koronavirusni yengish uchun har kim o‘zi, oilasi, farzandlarining sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zi mas’ul ekanini chuqur anglashi kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan” 

Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa. Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident 15-iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlarni qattiq tanqid qilib, aniq vazifalarni belgilagan edi. Bu borada ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha 17-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri hokimi, bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.

Mavzuga doir: “Qo‘limizda aniq ma’lumot yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natija bermayapti” — Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash muammolari haqida

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni o‘tgan yig‘ilishda koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan bergandi.

Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda joylashgan Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasida bo‘lib, undagi sharoitlar bilan tanishdi hamda COVID-19 bilan xastalangan fuqarolarning oila a’zolari bilan suhbatlashdi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimligi koronavirusga qarshi kurash uchun o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlari va Damas avtomobillari sotib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют