» » “Real” 2020-yilda katta transferlarni amalga oshiradimi? Florentino Peres javob berdi

“Real” 2020-yilda katta transferlarni amalga oshiradimi? Florentino Peres javob berdi


Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida katta xaridlarga qo‘l urmaydi. Bu haqda jamoa prezidenti Florentino Peres ma’lum qildi.

73 yoshli rahbarning so‘zlariga ko‘ra, Madrid shahri klubi koronavirus tufayli yuzagan kelgan inqiroz sabab futbolchilar sotib olish uchun ko‘p pul sarflay olmaydi.

“Bu yozda “Real”da ulkan transferlar bo‘lmaydi. Vaziyat juda yomon. Futbolchilardan klubga yordam tariqasida maoshning kamaytirilishi so‘rab, keyin esa yangi o‘yinchilar bilan kelishuv imzolash noo‘rin.

Bu masala kutib turadi. Vaziyat o‘zgargan vaqtda “Real” yana eng yaxshilarni sotib oladi”, — deydi Peres.

Avvalroq “Real” 2021-yilda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun pul tejamoqchi bo‘layotgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: La Liga. “Real” Ispaniya chempioniga aylandi, “Barselona” o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, “Real” 2019-yilning yozida transferlarga rekord darajada ko‘p (303 million yevro) pul sarflagandi. “Qaymoqranglilar” o‘tgan mavsum Eden Azar (“Chelsi”, 100 million yevro), Luka Yovich (“Ayntraxt”, 60 million), Eder Militao (“Portu”, 50 million), Ferlan Mendi (“Lion”, 48 million) va Rodrigoni (“Santos”, 45 million) o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют