» » “Real” sotib olgan eng yaxshi o‘yinchi kim? Peres bunga javob berdi

“Real” sotib olgan eng yaxshi o‘yinchi kim? Peres bunga javob berdi


“Real” prezidenti Florentino Peres “qaymoqranglilar” sobiq hujumchisi, hozirda “Yuventus”da to‘p surayotgan Krishtianu Ronalduni Madrid klubining eng yaxshi xaridi deya yodga oldi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Ronalduga o‘rinbosar topish juda mushkul, ammo jamoada bunday ishlarni sekin-astalik bilan bajara oladigan yaxshi o‘yinchilar mavjud. Ronaldu yangi sinovlarni xohladi, shuning uchun vaqtdan foydalandi va ketdi. U “Real”ga hech qachon muammo tug‘dirmagan, Krishti hammaga o‘rnak edi. Men Ronalduni eng yaxshi xaridimiz sifatida eslab qolaman. U namunali xulqi hamda haqiqiy professionalligi bilan ham boshqalardan ajralib turardi.

Florentino Peres, “Real Madrid” prezidenti

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2009-yilda “Manchester Yunayted”dan “Qirollik klubi” tarkibiga kelib qo‘shilgandi va 2018-yilga qadar Madrid klubi safida to‘p surdi. Portugaliyalik klub bilan 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi, 2 marotaba Ispaniya chempioniga aylandi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют