» » “Real” Mbappe transferi borasida yakuniy qarorga keldi

“Real” Mbappe transferi borasida yakuniy qarorga keldi


“Real” PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi prezidenti Florentino Peres har yili transferlar vaqtida jamoaga yulduz futbolchi olib kelishga odatlangan.

Avvalroq “Qirollik klubi” “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar transferini e’lon qilgandi.

AS’ning xabar berishicha, madridliklar 2019/20-yilgi mavsum yakunida Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Fransiyalik PSJ bilan shartnomasini uzaytirmagandan so‘ng “Real” unga taklif bilan chiqdi.

Mbappe avvalroq “Santyago Bernabeu”da to‘p surish orzusi borligiga bir necha marotaba ishora qilgandi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2018/19-yilgi mavsum Liga 1’da 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 33 ta gol urdi hamda 11 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют