» » Mercedes o‘zining eng kuchli superkarini taqdim etdi (video)

Mercedes o‘zining eng kuchli superkarini taqdim etdi (video)


Nemis avtokonserni o‘zining eng kuchli seriyali superkari — Mercedes-AMG GT Black Series’ni taqdim etdi, deb xabar beradi The Drive. Yangi model kapoti ostidan 730 ot kuchiga ega V8 dvigateli o‘rin olgan bo‘lib, mashinaning 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 3,2 soniya kifoya.

Black Series seriyasi o‘zining dvigatellari tavsifi bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelgan Mercedes-AMG’ning afsonaviy avtomobillar lineykasi hisoblanadi.

Black Series kupesi tashqi ko‘rinishi bilan “standart” AMG GT’dan radiator panjaralarining kattaligi, aerodinamik to‘sgichlari, yukxona tomidagi massiv antiqanoti, eksteryeri va interyeridagi qora aksentlar bilan farq qiladi.

Yangi AMG’ni 730 ot kuchi va 800 Nm aylanuvchi momentga ega 4,0 litrli V8 tvin-turbodvigateli harakatga keltiradi. Dvigatel yetti pog‘onali “robot” uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. U 200 metr masofani to‘qqiz soniyada bosib o‘tadi, maksimal tezligi soatiga 325 kilometrga teng.

Kupening aerodinamik tavsifini yaxshilash uchun GT3 va GT4 poyga serialariga tegishli qo‘shimcha havo haydagich va qirqimlar o‘rnatilgan. Shuningdek, old bamper ostidan sozlanuvchi splitter o‘rin olgan bo‘lib, u avtomobil ostida past bosim zonasini hosil qiladi.

Hozircha AMG GT Black Series narxi va tiraji haqida ma’lumotlar mavjud emas.

Avvalroq Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют