» » Video: Bundan 47 yil oldin ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz maksimal tezlikda haydab ko‘rildi

Video: Bundan 47 yil oldin ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz maksimal tezlikda haydab ko‘rildi


Internetda 1973-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 280E modelini soatiga 220 kilometr tezlikda haydalgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Mercedes-Benz 280E sedaniga 185 ot kuchi va 239 Nm aylanuvchi momentga ega 2,8 litrli V6 dvigateli o‘rnatilgan. Agregat to‘rt pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 10,8 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi esa 200 km/soatga teng.

Bu kabi tezlik hozirgi kunda ko‘pchilikni hayratga solmasa-da, bir narsani unutmaslik kerakki, Mercedes-Benz 280E xavfsizlik jihatidan faqatgina kamarlar bilan jihozlangan — bugungi zamonda aksariyat avtomobillarga o‘rnatiladigan jihozlar hali ixtiro qilinmagan.

Bunday motorga ega Mercedes-Benz 280E 1968-yildan 1973-yilgacha qadar ishlab chiqarilgan. Mazkur avtomobillar 80-yillar oxirida SSSRda katta mashhurlikka erishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют