» » A Seriya. “Milan” 6 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Atalanta” ochko yo‘qotdi

A Seriya. “Milan” 6 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Atalanta” ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turida “Milan” 18-iyul, shanba kuni “Bolonya”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv milanliklarning ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Aleksis Salemakers maydon egalarining dastlabki golini urgan bo‘lsa, 24-daqiqada Hoqon Chalxono‘g‘lu hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bunga mehmonlar birinchi bo‘lim so‘ngida Takehiro Tomiyasuning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda “Milan” futbolchilari yana uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi: 49-daqiqada Ismael Bennaser va 57-daqiqada Ante Rebich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Davide Kalabriya yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:1.

Mazkur g‘alabadan keyin “Milan” 56 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Bolonya” (43) esa 10-pog‘onada bormoqda.

A Seriya

34-tur bahslari

18-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 10 Salemakers, 2:0 – 24 Chalxono‘g‘lu, 2:1 – 44 Tomiyasu, 3:1 – 49 Bennaser, 4:1 – 57 Rebich, 5:1 – 90+3 Kalabriya.

“Milan”: Donnarumma, Kyer, Kalabriya, Romanyoli, Teo, Kessie, Salemakers (Krunich, 62), Bennaser (Bigliya, 79), Chalxono‘g‘lu (Bonaventura, 61), Ibragimovich (Rafael Leau, 62), Rebich (Kolombo, 82).

“Bolonya”: Skorupski, Deyks, Tomiyasu (Mbaye, 59), Larangeyra (Korbo, 59), Densvil, Soriano (Svanberg, 75), Poli, Orsolini (Olsen, 75), Dominges (Baldursson, 60), Sansone, Santander.

Ogohlantirishlar: Sansone (34), Kyer (51), Salemakers (54).

Gollar: 0:1 – 50 Sapata, 1:1 – 59 Pessina.

Gollar: 0:1 – 12 Kaputo, 1:1 – 63 Joao Pedro.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют