» » O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 99 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 99 yoshida olamdan o‘tdi


O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo, bugun 99 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Bu xaqda jurnalist Karim Baxriyev ma’lum qildi.

Shukrullo (Yusupov) 1921-yil 2-sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Pedagogika bilim yurtini va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan.

Ilk she’rlar to‘plami — “Birinchi daftar”. She’riy asarlar, bolalarga atalgan she’r va ertaklar yozgan. Qatag‘on davri dahshatlari haqidagi “Kafansiz ko‘milganlar” avtobiografik qissasi, “Tirik ruhlar” (1999) roman-xronikasi mashhur.

Shukrulloga O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati. “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan. “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016” mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” asarida Sho‘ro davrining yetmish yili mobaynida ommaviy ikkiyuzlamachilik ro‘y berganini dadil fosh etilgan.

"Daryo" internet-nashri tahrriryati marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют