» » Surxondaryolik taniqli yozuvchi va jurnalist Mahmud Abulfayz 64 yoshida olamdan o‘tdi

Surxondaryolik taniqli yozuvchi va jurnalist Mahmud Abulfayz 64 yoshida olamdan o‘tdi


Surxondaryolik taniqli yozuvchi va jurnalist Mahmud Abulfayz 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Sirojiddin Ibrohim Termizdan qo‘ng‘iroq qilib, yozuvchi Mahmud Abulfayz Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tganini xabar qildi. Yuragim zir titradi. Birdan Mahmud akaning Surxonning ardoqli shoiri Tesha Saydaliyevga bag‘ishlangan maqolasidagi so‘zlar yodimga tushdi: “Bu dunyoda shoirdan nima qoladi? Qolsa so‘z qoladi, boshqa hech narsa…” Mahmud akadan ham shak-shubhasiz So‘z qoladi.

Xurshid Davron, O‘zbekiston xalq shoiri

Mahmud Abulfayz 1953-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakul’tetini tamomlagan. Respublika va viloyat matbuotida faoliyat yuritgan.

“Mard qolur maydon ichinda”, “Tog‘lardek yashasa odam”, “Boshimizda osmon bor”, “Meni yo‘qlab kim keldi?”, “Hayot manzaralari” kabi asar va to‘plamlari e’lon qilingandi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют