» » Toshkentda tez yordam xodimlari bitta “zayavka”ga faqat bir nafar bemorni tekshirayotganiga izoh berildi

Toshkentda tez yordam xodimlari bitta “zayavka”ga faqat bir nafar bemorni tekshirayotganiga izoh berildi


Telegram’da Toshkent shahrida fuqaroning xonadoniga chaqiruvga kelgan tez yordam guruhining bittadan ortiq bemorni ko‘rmasligini aytib odamlar bilan bahslashayotgani haqidagi video tarqalgan edi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda ushbu holatga izoh berib o‘tdi.

“Tez yordam o‘z nomi bilan tez yordam, bitta odamga kelgan ‘zayavka’ bo‘yicha mana shu brigadaga vaqt ajratiladi. Bu degani, brigada o‘sha bemorni ko‘rib qaytib stansiyaga ketadi, degani emas. Uning ketidan yana bir nechta chaqiruvni amalga oshirib, zoriqib kutib turgan bemorlar bor. Shuning uchun ham tez yordam vakillari bitta chaqiruv bo‘yicha faqat bitta bemorni ko‘rish vakolatiga ega”— deya o‘z fikrini izohlagan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.

Biroq mutaxassis chaqiruvdan tashqari oiladagi biror insonning holati kritik bo‘lsa, albatta, brigada tez shoshilinch yordam ko‘rsatishga mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birgalikda, aholiga masalani hal qilish uchun tez yordam chaqirayotganda ikkinchi yoki uchinchi odamni ham yozdirib qo‘yish tavsiya etildi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimligi tez yordam 15 daqiqa ichida yetib borishi uchun qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 15-iyul kuni Prezident videoselektoridan so‘ng bundan buyon 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan yetib borishi to‘liq ta’minlanishini aytgan, shuningdek, fuqarolar 103 ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yilishini bildirgandi.

Avval Toshkent shahri hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy uskunalar va tibbiy maqsadda foydalanish uchun Damas avtomobillarini sotib olgani xabar qilindi. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha savollarga 1003 raqami orqali javob beradigan Call-markaz xodimi “Troll.uz” kanaliga markazdagi vaziyat, ish sharoitlari va kelib tushayotgan murojaatlarga xizmat ko‘rsatish holati haqida gapirib berib, ish haqi olmasdan ishlayotgani va murojaatlarga xizmat ko‘rsatish yaxshi emasligini aytdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют