» » Lionel Messi La Ligada to‘purar bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Lionel Messi La Ligada to‘purar bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 2019/20-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra bir qator individual sovrinlar egasiga aylandi.

Argentinalik futbolchi 25 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va Pichichi sovriniga ega chiqdi. Messi yettinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi va bu borada rekordni yangiladi. Avvalroq Leo bu borada Telmo Sarra (6 marta) bilan bir xil natija qayd etib turgandi.

Shuningdek, Messi joriy mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi. 33 yoshli forvard 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Messi to‘purarlar poygasida “Real” hujumchisi Karim Benzema (21 ta gol) va “Vilyarreal” forvardi Xerar Morenoni (18) ortda qoldirdi.

Eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida “Real Sosyedad” yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal (11 ta golli uzatma) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona “Barsa”ning yana bir hujumchisi Luis Suaresga (8) nasib etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют