» » O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi


O‘zbekiston aholisida antitana tahlilini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Olingan namunalardan fuqarolarning qanchasida koronavirusga qarshi immun tizimi borligini isbotlash mumkin. Bu haqda 20-iyul, dushanba kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiyadagi ba’zi bir ma’lumotlarda odamlarning 70 foizigacha antitana bor degan xulosalar paydo bo‘lyapti. Bu unchalik haqiqatga yaqin emas.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, kasallik O‘zbekistonda 15-martda qayd etilgan bo‘lsa-da, lekin bu infeksiya respublikaga undan avvalroq kirib kelgan, degan taxminlar ham bor. Odamlardan olingan namunalardan antitanalarni aniqlash orqali aholining qancha foizida immun tizimi borligini isbotlash mumkin bo‘ladi. Bu kelgusida kasallik ko‘rsatkichi qanchaga ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilish imkoniyatini ham beradi.

“Biz aniq bilamiz, kasallikka chalingan odamlar infeksiyani yuqtirganidan keyin yettinchi, sakkizinchi kuni davom etayotgan bo‘lsa, u holatda organizmda antitanalar ishlab chiqarish boshlanadi. Biz antitanalarni aniqlash usullarini ham amaliyotga kiritish orqali PZR laboratoriyalariga bo‘layotgan yuklamalarni bir munchaga kamaytirishga harakat qilyapmiz.

Asosiy maqsad, kim tekshirishga muhtoj bo‘lsa, kimning tahlilini amalga oshirish o‘ta zarur bo‘lsa, shunga ahamiyat qaratishimiz kerak bo‘ladi”, — deydi Nurmat Otabekov.

9-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov ham koronavirusga hosil bo‘lgan antitanachalarni aniqlash metodikalari O‘zbekistonga endi olib kelinayotganini bildirgandi.

Maxsus komissiya qarori bilan davlat tibbiyot muassasalaridan tashqari xususiy muassasalarga ham PZR va IFA tahlillarini o‘tkazish uchun ruxsat berilgan.

14-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda esa Habibulla Oqilov koronavirusdan tuzalgan bemorlarda 3 oygacha antitanalar saqlanib qolishini aytgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют