» » O‘zbekiston 18 davlatga 61 million? dollarlik gilos eksport qildi

O‘zbekiston 18 davlatga 61 million? dollarlik gilos eksport qildi


Qariyb 61 million AQSh dollariga teng bo‘lgan gilos 18 mamlakat bozorlarida sotilgan, deb xabar berdi O‘zA.

Qayd etilishicha, 2020-yilning dastlabki 7 oyi mobaynida O‘zbekiston 31,3 ming tonna gilos eksport qilgan. Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 14,6 ming tonnaga ko‘p.

Ta’kidlanishicha, qariyb 61 million AQSh dollariga teng bo‘lgan gilos 18 mamlakat bozorlarida sotilgan. Ular orasida Qozog‘iston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirg‘iziston 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va Janubiy Koreya 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, bu yil o‘zbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Ummon, Janubiy Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilingani qayd etilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют