» » O‘zbekiston shu kungacha 778 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston shu kungacha 778 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi


2018-yilning 19-noyabrigacha O‘zbekiston qiymati 778 million AQSh dollariga teng 1,1 million tonnadan ortiq meva-sabzavotni eksport qildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘mita raisining o‘rinbosari Mutallibjon Saliyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

O‘zbekiston meva va sabzavot eksportining asosiy ulushi — 49,3 foizi (536,3 ming tonna) Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi.

Bundan tashqari, Rossiyaga 216 ming tonna, Qirg‘izistonga 80,2 ming tonna, Afg‘onistonga 64,8 ming tonna, Vyetnamga 22,3 ming tonna, Turkiyaga 19,3 ming tonna va Ukrainaga 10,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют