» » Yaponiyalik gubernator Putin sovg‘a qilgan mushuk qanday yashayotganini ma’lum qildi

Yaponiyalik gubernator Putin sovg‘a qilgan mushuk qanday yashayotganini ma’lum qildi


Yaponiyaning Akita prefekturasi gubernatori Satake Norixisa Rossiyaning Primorye o‘lkasi deputatlariga prezident Putin sovg‘a qilgan mushuk qanday yashayotganligi haqida hikoya qildi. Bu to‘g‘risida o‘lka qonunchilik yig‘ini saytida ma’lum qilindi.

Gubernatorga ko‘ra, u Mir laqabli mushukka juda bog‘lanib qolgan. Jonivor ko‘z ochib yumguncha ulg‘ayib bormoqda.

Prefektura saytida uning oxirgi suratlari e’lon qilinganida ko‘pchilik mushukning qiyofasi tobora yaponcha ko‘rinishga kirib borayotganini qayd etgan.

2012-yilda Satake Putinga Rossiya Yaponiyaga tabiiy ofat vaqtida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik ramzi sifatida akita-inu kuchugini sovg‘a qilgandi. O‘z navbatida, Putin gubernatorga Sibir mushugini hadya qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют