» » Shuhrat Abdurahmonov: Andijonda 9 mlrd so‘mlik dori-darmon zaxirasi yaratilgan

Shuhrat Abdurahmonov: Andijonda 9 mlrd so‘mlik dori-darmon zaxirasi yaratilgan


Andijon viloyatida 9 milliard so‘mlik 49 turdagi dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Shu sababli dori taqchilligi kuzatilmaydi. Bu haqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning viloyat aholisiga qilgan murojaatida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

“Pandemiyaning 2020-yil 16-martdan e’lon qilingan dastlabki bosqichida yoppasiga cheklovlar joriy qilinishi, qat’iy nazorat o‘rnatilgani kasallanish borasida yuqori statistika qayd etilmasligiga olib kelgandi. Bugungi kunda esa vaziyat og‘irlashdi. Shuning uchun biz yangi sharoitda yashashga ko‘nikishimiz zarur, negaki virus qachon barham topishini hech kim taxmin qilolmaydi. Kasallikka qarshi dori vositasi ham ixtiro qilinmagan. Afsuski, so‘nggi 15 kunda vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli asoslanmagan xabarlar, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilishi natijasida aholi o‘rtasida gap-so‘zlar ko‘paydi. O‘rinsiz vahimali shov-shuvlar tarqaldi. Men barchani mana shunday og‘ir kunlarda bir bo‘lib, hamjihat bo‘lib ishlashga chaqiraman”, — dedi viloyat rahbari Shuhrat Abdurahmonov.

Viloyat hokimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga ham javob berdi.

Dori vositalari taqchilligi yuzaga keldi, degan noo‘rin xabarlarga viloyat hokimi – viloyat shtabi rahbari sifatida quyidagicha javob bermoqchiman: Sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislarining koronavirus bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun talab etiladigan ro‘yxatiga 49 turdagi dori-darmon va tibbiyot jihozlari kiritilgan. Shundan 32 tasi dori-darmon. Andijonda bugun mana shu virus bilan bog‘liq 49 turdagi dori-darmonlar bo‘yicha hech qanday muammo, yetishmovchilik bo‘lmaydi. Hozirgi kunga qadar, 9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga koronavirus bilan kasallangan to‘rt mingta bemorni davolash imkoniyatiga ega bo‘lgan uch oylik dori-darmon zaxirasi yaratilgan.

Shuhrat Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi

Hokim o‘z murojaatida OAV xodimlariga ham turli vahimali xabarlarni tarqatmaslik iltimosi bilan chiqdi.

“Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlardan bir narsani iltimos qilaman, bugungi og‘ir vaziyatda turli asoslanmagan xabarlarni tarqatib, odamlarimizni vahimaga qo‘ymanglar. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilishi natijasida aholi o‘rtasida gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Qanday savolingiz bo‘lsa, mana menga murojaat qiling, 24 soat davomida javob berishga va’da beraman. Qayerdadir muammo bo‘layotgan bo‘lsa, ayting o‘sha vaqtning o‘zida birgalikda hal qilamiz. Men barchani mana shunday og‘ir kunlarda bir bo‘lib, hamjihat bo‘lib ishlashni chaqiraman”, — dedi Andijon hokimi.

Mavzuga doir: Buxoroda dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 9 mlrd 588 mln so‘m mablag‘ ajratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют