» » Gulistonda bir yoshli bolasini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Gulistonda bir yoshli bolasini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi, viloyat DXX va IIB boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir yoshli bolasini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda maxsus xaridor sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X. Guliston tumanida tug‘ilgan 25 yoshli fuqaro A.O‘.ning bolani sotib olishga kelishgan. 21-iyul kuni A.O‘. Guliston shahri Xalqlar do‘stligi ko‘chasida joylashgan “Shohrux” mehmonxonasi oldida farzandini 17 ming dollar evaziga “xaridorga” sotgan.

Ayol bola evaziga kimyoviy ishlov berilgan 17 ming dollarini olib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda esa 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgan. 14-iyul kuni Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan.

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri tibbiyot xodimlari ekanligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют