» » Immunitetni ko‘tarishning ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta usuli

Immunitetni ko‘tarishning ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta usuli


Shamollash va ko‘p kasal bo‘lish immunitetning sustligi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatida organizm kasallik bilan kurasha olmaydi. Mavjud koronavirus infeksiyasi davrida esa immun tizimining mustahkamligi har qachongidan ham zarur hisoblanadi. Immunitet mustahkam bo‘lish uchun qanday tavsiyalarga amal qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Ichak hazm faoliyatiga e’tibor qarating.

Mustahkam immunitet ichaklar mikroflorasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ichaklarda muammolar kuzatilishi organizmning himoya kuchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ichaklar faoliyati yaxshi bo‘lishi uchun tarkibida tabiiy probiotiklar bo‘lgan — kefir, yogurt singari mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.

Ratsioningizga dukkakli mahsulot va yong‘oqlar kiriting.

Tabiiy antioksidantlarga boy bo‘lgan pista va yong‘oqlar immunitetni ko‘tarish va organizmdan toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega. Ammo kaloriyasi ko‘p bo‘lgani uchun ham yong‘oqlarni me’yorida iste’mol qilish kerakligini yoddan chiqarmang va iloji bo‘lsa, salat yoki smuziga qo‘shib iste’mol qiling.

Ichimlik tayyorlang.

Immunitetni yaxshilaydigan shifobaxsh o‘tlardan ichimlik tayyorlang. Yalpizdan choy damlang. Limon, zanjabil, dolchinga asal qo‘shing. Aralashmani choyga qo‘shib iste’mol qiling. Mazasi va natijasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Sharq yakkakurashi mashqlaridan birini bajaring.

Istalgan sport turi, xususan, sharq yakka kurashi mashqlari immunitetni mustahkamlash xususiyatiga ega. Ushu, karate mashqlari bajarilganda metabolizm va qon aylanishi yaxshilanadi. Buning uchun ushbu sport turi bilan butkul shug‘ullanish shart emas, internetdan o‘rganib ma’lum texnikalarni bajarishingiz mumkin.

Efir moyidan foydalaning.

Efir moyi, tarkibidagi fitonsid sabab ham turli infeksiyalardan saqlanishda ahamiyatli hisoblanadi. Evkalipt moyiga, yalpiz, dolchin, limon va qarag‘ay yog‘i qo‘shib aralashtiring va aromalampaga soling. Issiqlik ta’sirida aralashmadan efir ajralib chiqib viruslarni o‘ldiradi. Bundan tashqari oddiy kremga efir yog‘idan bir-ikki tomchi tomizib, bilakka surkash mumkin, ammo allergiyasi borlarga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi.

Yoga bilan shug‘ullaning.

Haddan ortiq jismoniy va ruhiy zo‘riqish kishida surunkali charchoq paydo bo‘lishi, organizm holdan toyishiga sabab bo‘ladi. Shu boisdan ham 15-20 daqiqa yoga mashqlariga vaqt ajratish, meditatsiya bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi.

Oddiy tuz o‘rniga himolay tuzidan foydalaning.

Pushti rangdagi ushbu tuz tarkibida 80 dan ortiq foydali minerallar bo‘ladi va aynan ular sabab ham shifobaxsh va davolovchi xususiyatga ega. Mazkur tuzni taomlarga qo‘shish salomatlik va immun tizimiga foyda keltiradi.

Massaj

Massaj qilinganda barcha mushaklar ishlab, a’zo va hujayralarda qon aylanishi va gormonal balans yaxshilanadi.

Qizil bulg‘ori qalampirini iste’mol qiling.

Tarkibida C vitamini, beta-karotin va mikroelementlar mo‘l bo‘lgani sabab ham ushbu mahsulot immunitet mustahkamligi uchun samarasi yuqori hisoblanadi. Shu bois ham qizil bulg‘ori qalampiridan salat qo‘shib tayyorlash tavsiya qilinadi.

Sovuq dush qabul qilish.

Sovuq dush qabul qilganda organizmda oq qon tanachalari ajralib chiqadi va bu immunitet mustahkamligida ahamiyatli sanaladi. Biroq birdaniga sovuq suvga o‘tmaslik, iliqdan sekin-sekin sovuq suvga o‘tib borish tavsiya qilinadi. Kontrast — birinchi issiq keyin esa sovuq dush qabul qilish esa undan ham samaraliroq foyda beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют