» » Koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qilish jarayoni soddalashtirildi

Koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qilish jarayoni soddalashtirildi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar va texnikalarni import qilish tartibi soddalashtirildi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-oktabrga qadar bo‘lgan muddatda mazkur qarorda ko‘rsatilgan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan, kislorod konsentratorlar, pulsoksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki D vitamin moddalarini saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, 1-oktabrga qadar mazkur qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxatdagi dori vositalari import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilishga ham ruxsat etildi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining qo‘shma xulosasi asosida mazkur qarorda ko‘rsatilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar va texnikalar ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, soddalashtirilgan tartib asosida tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari importi bilan shug‘ullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda o‘zlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot haqidagi ma’lumotlarni mahsulot realizatsiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga taqdim etishi shart.

Shu bilan birga, mazkur kompaniyalar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida xalqaro patentlanmagan nomini o‘zbek, rus yoki ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishi lozim.

Qaror bilan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqilishi 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi, reeksport bojxona rejimi bundan mustasno.

Bunda, ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga ruxsat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi.

Koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga bo‘lgan cheklov muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Transport vazirligi mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekistonga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют