» » O‘zbekiston 1-maydan boshlab tibbiy mahsulotlar xomashyosi eksportini to‘xtatadi

O‘zbekiston 1-maydan boshlab tibbiy mahsulotlar xomashyosi eksportini to‘xtatadi


O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xomashyoning ekportini to‘xtatadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Vazirlar Mahkamasining 23-apreldagi qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida 2020-yilning 1-mayidan 31-dekabriga qadar tibbiy buyumlar uchun ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yiladi.

Mazkur qaror karantin sababli mamlakatdagi ko‘plab qurilish obyektlarida ishlar to‘xtab qolgani natijasida sementga bo‘lgan talabning tushib ketgani hamda milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Xabarga ko‘ra, tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo eksportiga vaqtinchalik cheklovlar ichki bozorni tibbiy buyumlar bilan barqaror ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari doirasida yuz niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan hamda ular tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik olimlar ishlab chiqqan test tizimi Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют