» » APLga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa va pley-off ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

APLga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa va pley-off ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi


Angliyaningda nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi divizioni Chempionshipda mavsum yakunlandi.

46-turda “Kuinz Park Reynjers” bilan durang (2:2) o‘ynagan “Vest Bromvich” 83 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Slaven Bilich qo‘l ostidagi jamoa Premyer Ligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq “Lids” 16 yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytgandi.

Shuningdek, uchinchi yo‘llanma uchun kurash olib boruvchi to‘rtta pley-off ishtirokchilari ham ma’lum bo‘ldi. Ular: “Brentford”, “Fulhem”, “Kardiff” va “Suonsi”.

Musobaqa jadvalida jamoalar 3—6-o‘rinlarni band etdi. Shunday qilib “Brentford” “Suonsi” bilan bahs yuritadi, “Fulhem” esa “Kardiff” bilan o‘ynaydi. Yarim final g‘oliblari finalda o‘zaro bahs yuritadi.

Shuningdek, “Charlton”, “Barnsli” va “Hall Siti” kabi jamoalar Chempionshipni tark etdi. Ularning o‘rnini “Koventri”, “Roterhem” va “Uikom” klublari egallaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют