» » Angliyaning 3 karra chempioni “Lids Yunayted” 16 yil deganda APLga qaytdi

Angliyaning 3 karra chempioni “Lids Yunayted” 16 yil deganda APLga qaytdi


“Lids Yunayted” klubi Angliya Premyer Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Angliyaning uch karra chempioni 16 yil deganda APLga qaytdi.

Marselo Byelsa qo‘l ostidagi jamoa 44 o‘yinda 87 ochko to‘pladi va Chempionship musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. “Vest Bromvich”ning (82) mag‘lubiyatidan keyin “Lids” kamida ikkinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi va oliy divizionga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

1990-yillar o‘rtalaridan 2000-yillar boshlariga qadar “Lids” muntazam Yevrokuboklarda ishtirok etib kelardi. Jamoa UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasida yarim finallarga qadar yetib borgan. Moliyaviy muammolar sabab jamoa 2003/04-yilgi mavsumda quyi ligaga ravona bo‘ldi. 2006/07-yilgi mavsumda “Lids” Birinchi Ligaga tushib ketdi va Chempionshipga qaytish uchun uch yil sarfladi.

“Lids Yunayted” klubiga 1919-yilda asos solingan. Jamoa Angliyaning uch karra chempioni hisoblanadi (1968/69, 1973/74, 1991/92). Shuningdek, jamoa Angliya Kubogi (1972), mamlakat Liga Kubogi (1968) va Superkubogini (1969, 1992) qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют