» » Qozog‘iston Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro muzokaralarga tayyor

Qozog‘iston Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro muzokaralarga tayyor


Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ekspertlar darajasidagi maslahatlashuvlar 2-may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muxtor Tilayberdi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Ekspertlar uchrashuvi 2-may kuni Ostonada bo‘lib o‘tadi. Biz barcha tomonlarni — tinchlik kafili bo‘lgan davlatlar, Suriya hukumati va qurolli muxolifatni kutyapmiz. Buning uchun barcha tayyorgarlik ko‘rilgan”, — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Muxtor Tilayberdi Ostonadagi Suriyadagi vaziyat bo‘yicha xalqaro uchrashuv 3—4-may kuni yuqori darajada o‘tkazilishi va unda ham muzokaralarning barcha tomonlari ishtirok etishiga umid bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют