» » Foto: Islom Karimovning haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi

Foto: Islom Karimovning haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi


O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov qatnashchilari va g‘oliblariga diplom va sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Xalqaro tanlov yakunlari tarkibi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etildi.

Xabar berishlaricha, tanlovda ko‘pchilik ovoz bilan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqqan. Ikkinchi o‘rin yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa To‘lagan Tojixo‘jayevga nasib etgan.

Qayd etishlaricha, barcha g‘oliblarga pul mukofotlari topshiriladi. Tanlovning rag‘batlantiruvchi sovrinlarini qo‘lga kiritgan To‘lagan Yorqulov, Farit Ahmetzyanov, janubiy koreyalik haykaltaroshlar Kang Chul Xi, Li Chong An va Chung Yung Suga ham pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют