» » Peterburg metrosidagi terakt uchun javobgarlikni “Al-Qoida”ga aloqador guruh o‘z zimmasiga oldi

Peterburg metrosidagi terakt uchun javobgarlikni “Al-Qoida”ga aloqador guruh o‘z zimmasiga oldi


“Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador guruh Sankt-Peterburg shahri metropolitenida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, SITE’ga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Peterburg metrosining “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘idagi portlash 3-aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 16 kishi, jumladan, terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilov ham halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi tan jarohati olgan. Portlash ishi bo‘yicha hozirgacha 10 kishi hibsga olingan.

Avvalroq “Gazeta.ru” nashri Peterburg terakt Abu Saloh al-O‘zbekiy taxallusli dala qo‘mondoni tomonidan buyurtma qilingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. U 2016-yili Xitoyning Bishkekdagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum ishi doirasida Interpol tomonidan qidirilmoqda.

Interpol al-O‘zbekiyni terrorchilikni moliyalashtirish, hujjatlarni soxtalashtirish, davlat chegaralarini noqonuniy ravishda kesib o‘tish va jinoyat hamjamiyatni tashkil etishda ham gumon qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Saloh al-O‘zbekiyning Peterburgdagi teraktga aloqadorligiga doir axborot Rossiya Tergov qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati tomonidan tekshirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют