» » Andijonda uch yigit o‘zganing Samsung A-10 telefonini zo‘rlik bilan tortib oldi. Ular 8 yildan 10 yilgacha qamalishi mumkin

Andijonda uch yigit o‘zganing Samsung A-10 telefonini zo‘rlik bilan tortib oldi. Ular 8 yildan 10 yilgacha qamalishi mumkin


Andijon viloyatida uch nafar yigit zo‘rlik ishlatib, 36 yoshli fuqaroning Samsung A-10 telefonini tortib oldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 20-iyul kuni soat 21:30 da Andijon tumani “Gumbaz” MFY hududida 21 yoshli J.J., 20 yoshli M.K. va 19 yoshli A.I. bir guruh bo‘lib, M.K.ning Matiz avtomashinasida 36 yoshli D.Z.ni kuzatgan. Sheriklar D.Z.ni Milliy hammom binosi yonida to‘xtatib, uning yuz qismiga urib, yonida bo‘lgan 1 400 000 so‘mlik Samsung A-10 telefonini tortib olgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida J.J., M.K. va A.I. ushlangan, ulardan Samsung A-10 telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha J.J., M.K. va A.I.ga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bosqinchilik) bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandiga asosan bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, amalga oshirilgan bosqinchilik uchun sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют