» » Andijonda 4 yigit 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning 430 ming so‘m pulini olib qo‘ydi

Andijonda 4 yigit 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning 430 ming so‘m pulini olib qo‘ydi


Andijon viloyati Asaka tumanida to‘rt nafar yigit 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning yonida bo‘lgan 430 ming so‘m pulini olib qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3-iyul kuni soat 14:00 da 19 yoshli M.A. va A.S. 21 yoshli B.O., 20 yoshli S.P. bir guruh bo‘lib, Asaka tumani “Ulug‘bek” MFY hududida ketayotgan voyaga yetmagan 17 yoshli T.M.ni to‘xtatgan. Shundan so‘ng ular o‘smirni Nexia’da hech kim yo‘q joyga olib borgan hamda pichoq va tayoq bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan 430 ming so‘m pulni olib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur to‘rt fuqaro protsessual tartibda ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Dastlabki tergov jarayonida S.P.dan bir dona pichoq va bir dona yog‘ochdan ishlangan tayoq protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.A., B.O. va S.P.ga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlariga (Qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik), A.S.ga nisbatan esa 164-moddasi 3-qimsi “a” bandiga (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют