» » Andijonda hamshirani 13 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda hamshirani 13 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Asaka tumanida uy olib berishini aytib, hamshiraning 13 ming dollarini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Asaka tuman IIB xabar bermoqda.

Joriy yilning 20-aprel kuni Asaka tuman IIBga tumandagi ko‘p tarmoqli poliklinikada ishlovchi hamshira R.R. murojaat qilib, uni aldab ketishganini bildirgan.

Aniqlanishicha, “Qurama” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan L.T. mazkur hududdagi ko‘p tarmoqli poliklinikada ishlovchi, Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi R.R.ning ishonchiga kirib, unga Asaka tumani hududidan uy olib berishni va’da qilgan. Evaziga 2018-yilning avgust oyida 8 ming dollar, 2019-yil iyun oyida esa 5 ming dollar pulini olgan. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, uy olib bermagan. Pulni esa o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilganda firibgarlik holati aniqlangan va L.T. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan joriy yil 20-aprel kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют