» » Andijonda hajga yuborishni va’da qilgan shaxs fuqaroni 12 ming dollarga chuv tushirdi

Andijonda hajga yuborishni va’da qilgan shaxs fuqaroni 12 ming dollarga chuv tushirdi


Andijonda haj safariga yuborish uchun 12 ming dollarni qo‘lga kiritgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, A.T. fuqaro I.M.ni aldab uning ishonchiga kirib, haj safariga yuborishni va’da qilgan. 2019-yilning may—iyun oylari davomida uning jami 12 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada haj va umraga jo‘natishni va’da qilib, 10 kishini 300 million so‘mga tushirgan firma rahbari 8 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют