» » Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan 25 ming dollardan ortiq pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan 25 ming dollardan ortiq pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkent shahrining Bektemir tumanida fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish evaziga ularning pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fuqaro M.M. 5 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborish evaziga ularning jami 25 550 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют